Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:32

Toshkent Davlat konservatoriyasida Holokost qurbonlari xotirasiga konsert o‘tkaziladi


Toshkentda Holokost qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan konsert o‘tkaziladi. Isroil va Germaniya elchixonalari hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorligida uyushtirilayotgan konsert 27 yanvar kuni Davlat konservatoriyasida bo‘lib o‘tadi.

GFR elchixonasi matbuot xizmatining bildirishicha, konsert Kamoliddin O‘rinboev boshchiligidagi O‘zbekiston Yoshlar simfonik orketsri ijrosida bo‘lib o‘tadi.

“Ikkinchi jahon urushi boshlanishida O‘zbekiston Holokostdan qochgan minglab yahudiylar hamda yuzlab qochqin va evakuatsiya qilinganlar uchun panoh bo‘ldi. O‘zbekiston xalqi o‘z eshiklarini ochib qochqinlarga panoh berdi, ular bilan bir burda nonini baham ko‘rdi. Bu hech qachon unut bo‘lmaydi”, deyiladi elchixona xabarnomasida.

Shostakovich, Uilyams, Kachchini va Boyarskaya asaralari ijro etiladigan kontsertda Kim Kieng, Kirill Borchaninov kabi mumtoz qo‘shiq ijrochilari ham ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG