Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:16

O‘zbek futbolining matbuot maydoni yana toraydimi?


Ozodlikning Qurultoy eshittirishida o‘zbek futbolining matbuot maydoni yana toraydimi¸ degan savol javobini muhokama qildik. Qurultoy ishtirokchilari nazarida O‘zbekistonda sport jurnalistikasi¸ jumladan futbol jurnalistikasi nisbatan erkinroqdir. Suhbatdoshlarga ko‘ra¸ “Sport” telekanalida ishlaydigan Zafar va Diyor Imomxo‘jaevlarning ishdan bo‘shatilishi futbolining matbuot maydoni yana toraytirganidan darakdir.

Manbalarga ko‘ra, ular olib borgan “Sokker klub” va “Futbol sharhi” ko‘rsatuvlari ham efirdan olib tashlangan. Bunga ko‘rsatuvda mamlakatdagi futbol jamoalari o‘rtasida "kelishilgan o‘yinlar" va totalizatorga pul tikish muammosining fosh etilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Norasmiy manbalarning ma’lum qilishicha, “Sokker klub” ko‘rsatuvida kelishilgan o‘yinlar atrofidagi futbol korruptsiyasi fosh qilingani rahbarlarga yoqmagan:

- O‘tgan yil oxirida kelishilgan o‘yinlar muhokama qilingan ko‘rsatuv faqat bir marta efirga ketdi. Juda tanqidiy va ochiqcha ko‘rsatuv bo‘ldi. Odatda, bu ko‘rsatuv takror qo‘yilar edi. Takror qo‘yishmadi. Bir soat qolganida telefon qilib, olib tashlashibdi. O‘rniga shved futbolchisi Zlatan haqida ko‘rsatuv berilgan. “Sokker klub” ko‘rsatuvi bo‘yicha “Sport” kanali tahririyatida majlis bo‘lib¸ bu ikki jurnalist - Zafar va Diyor Imomxo‘jaevlarni ishdan bo‘shatish masalasi kun tartibiga qo‘yildi, - deydi suhbatdosh.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Zafar va Diyor Imomxo‘jaevlardan tashqari “Sport” telekanali xodimlaridan yana bir nechtasi vazifasidan ozod etilgan.

O‘zbekiston televideniesida ishlaydigan manbaning ta’kidicha, yangi yil arafasida “Sport”kanali direktori Alisher Hoshimov va uning o‘rinbosari Zohir Toshxo‘jaev ishdan olingan.

Ishdan olingan Zafar Imomxo‘jaev shu kunga qadar “Translyatsiya” studiyasi bosh muharriri edi.

Ozodlikning MTRKdagi yana bir manbasiga ko‘ra¸ Zafar va Diyor Imomxo‘jaevlar¸tepaning buyrug‘i bilan bir kunda ariza yozdirilib ishdan bo‘shatilgan:

- Imomxo‘jaevlarga "Qosimovchilar kompaniyasi" (Mirjalol Qosimov nazarda tutilmoqda - tahr.) deb ayb qo‘yilgan. Rostanam shunaqa edi. Ular oilaviy Qosimov bilan bordi keldi qilardilar. Bu esa Qosimovni yana termaga olib kelishga harakat deb baholangan. Tagida Babayan (O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysi - tahr.) turgan bo‘lishi ham mumkin. U Mirabror akaga aytgan va u odam yuqoridan hal qilgan¸ deydi MTRK Sport kanalida ishlayotgan manba.

Diyor Imomxo‘jaev muallifligidagi mazmunan tanqidiy “Sokker klub” ko‘rsatuvi so‘nggi bor 1 dekabr kuni efirga uzatilgan.

XS
SM
MD
LG