Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:39

Suriya sharqida "Rossiya havo hujumlari" oqibatida o‘nlab odam halok bo‘ldi


Suriyalik faollarning aytishicha, Suriya sharqida Rossiya harbiy uchoqlari tomonidan o‘tkazilgani taxmin qilingan havo hujumlarida 9 bolakay doxil kamida 63 nafar odam halok bo‘ldi.

Britaniyada joylashgan Suriya Inson Haqlari Observatoriyasi xabariga ko‘ra, harbiy uchoqlar 23 yanvar kuni “Islomiy davlat” nazorat qiluvchi Dayr az-Zor Xasham qishlog‘ini hadafga olgan.

Ushbu da’volarni mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlashning imkoni bo‘lmadi.

“Islomiy davlat” jangarilari neftga boy Dayr az-Zor viloyatining aksar hududlarini nazorat qiladi.

O‘tgan hafta davomida “Islomiy davlat” militantlari viloyat poytaxti yaqinida hukumat kuchlari mavzelariga hujum qilgan edi.

Suriya prezidenti Bashar Asadning ittifoqchisi bo‘lgan Rossiya Suriyada sentyabr oyi oxirida muxolifat kuchlariga qarshi havo amaliyotini boshladi.

XS
SM
MD
LG