Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:06

Osiyo taraqqiyot banki 3 yilda O‘zbekistonga 2 milliard dollar kredit beradi


Osiyo taraqqiyot banki 2016-2018 yillar davomida O‘zbekistonga 1 milliard 890 million AQSh dollari miqdorida kredit berishini ma’lum qildi. Rasmiy xabarlarda va’da qilinishicha, keyingi uch yil davomida O‘zbekistonga beriladigan bu mablag‘ining kattagina qismiga yo‘l, issiqlik stansiyasi va toza ichimlik suvi quvurlari quriladi.

Bu haqda tashkilot rasmiy saytiga tayanib berilayotgan xabarlarga ko‘ra, 2016-2018 yillar davomida O‘zbekistonga beriladigan bu kredit hisobiga mamlakatda jami qiymati 5 milliard AQSh dollari bo‘lgan 22 ta loyiha bo‘yicha ish olib boriladi.

Bu loyihalar, asosan, energetika, transportatsiya, xususiy biznes va ta’lim sohalariga oiddir. Shuningdek, sug‘oriladigan maydonlar va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga oid yirik loyihalar ham tilga olinmoqda.

Shuningdek, bankdan olingan kreditning kattagina qismi Markaziy Osiyodagi transport koridoriga tutashishi rejalashtirilgan milliy magistral yo‘llarni qurishga ajratilishi aytilgan.

O‘zbekiston hukumati bu mablag‘ning 490 millionini issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, quyosh energiyasiga moslangan stansiyalarni qurish, gidroelektrostansiyalarni modernizatsiya qilish va bunday stansiyalar tarmog‘ini ta’mirlashga ajratishga kelishgan.

Jami summaning 340 millioni esa aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalariga ajratilishi va’da qilingan.

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankiga 1995 yilda a’zo bo‘lgan va shundan buyon bu bank tomonidan Markaziy Osiyo uchun ajratilgan kreditning asosiy qismini O‘zbekiston olib kelmoqda.

Bank shu kunga qadar O‘zbekistonga 5 milliard dollardan ortiq kredit kiritdi. Jami bo‘lib esa 14 yarim milliard AQSh dollari miqdoridagi 40dan ortiq loyihani amalga oshirish rejalangan.

XS
SM
MD
LG