Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:56

Rossiya hukumati iqtisodni qo‘llab-quvvatlash uchun 135 milliard rubl ajratdi


Reuters agentligi 24 yanvar kuni Rossiya Moliya vazirligi mamlakat iqtisodiyotini inqiroz paytida qo‘llab-quvvatlash maqsadida 135 milliard rubl, ya’ni 1 milliard 700 million dollar mablag‘ ajratganini xabar qildi.

Bu mablag‘ning 50 milliard rubli mamlakat avtosanoati uchun beriladi. Qolganlari esa qurilish, temir yo‘l, iste’mol mollari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mashinasozligi sohalari o‘rtasida bo‘lishtiriladi.

Xabarda aytlishicha, hukumat iqtisodiy inqiroz tufayli aholi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy norozilikning oldini olish maqsadida yana 340 milliard rubl, ya’ni 4 milliard 360 million dollar pul ajratmoqchi.

G‘arb Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etishi va neftning jahon narxi tushib ketgani ortidan Rossiya itqtisodi inqirozga yuz tutgan.

XS
SM
MD
LG