Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:29

Ukraina Bosh vaziri konstitutsiya yuzasidan referendum o‘tkazishga chaqirdi


Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 24 yanvar kuni o‘zining navbatdagi haftalik telemuloqotida mamlakatda yangi konstitutsiya loyihasi yuzasidan referendum o‘tkazishga chaqirdi.

“Bu ukrain xalqi uchun yangi konstitutsiya va yevropalashgan yangi Ukraina haqida munosabat bildirish imkoniyati beriladigan vaqtdir”, deb aytdi Yatsenyuk o‘z chiqishida.

Yatsenyukka ko‘ra, yangi konstitutsiyada hukumat tuzilmalarining vakolatlari, markaziy hukumat va regionlar o‘rtasidagi munosabat, halol va adolatli sud tizimi va aniq geosiyosat belgilab beriladi. Yangi konstitutsiyada Ukrainaning maqsadi kelajakda Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lish ekani qayd etiladi.

XS
SM
MD
LG