Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:23

OzodNazar: Bola sotish tubanlik¸ bo‘ri ham bolasini bermaydi


O‘zbekiston Xalq artisti Gulchehra Jamilova OzodNazar dasturida muhtojlikni bahona qilib¸ o‘z farzandini pulga sotayotgan onalarni qoralab gapirdi.

Moskva viloyatining Dolgoprudnenskiy shahar sudi o‘zbekistonlik Gulnora Hoshimovani odam savdosida aybdor, deb topib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etgani yuzasidan fikr bildirgan Gulchehra Jamilova “Bola sotishni hayvonlidan battar ish¸ bo‘ri ham bolasini bermaydi” deya munosabat bildirdi.

Suhbat mobaynida Gulchehra Jamilova bolalariga “Chingachkuk¸ Ishani” deb ism qo‘yayotgan o‘zbekistonliklar masalasiga ham to‘xtaldi.

O‘tgan hafta Tojikiston parlamenti quyi palatasi deputatlari arabcha va “xorijiy” ismlar qo‘yishni man qiluvchi qonun loyihasini qabul qilgan edi.

Xalq artisti nazarida “o‘z farzandiga nom qo‘yish ota-onaning ma’naviy huquqidir va bu sohani qonun bilan tartibga solish qiyin.”

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:47 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG