Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:33

O‘zbekiston o‘z fuqarolariga “viza” joriy etdi (Blog)


G‘azab fikrning doyasi, Quvonch – istakning. Quvonchim o‘zimga tan. G‘azabim ham. Bugun faqat translyatorman – boshqalar fikrini, G‘azabdan to‘ralgan fikrini translyatsiya qilaman.

Sarlavhaga chiqarilgan gap (“O‘zbekiston o‘z fuqarolariga “viza” joriy etdi”) xabar emas. Shuning uchun ham “viza”ni tirnoqlarga qamadik.

Sarlavhaga chiqarilgan gap fikrdir. Mizantrop O‘zbek hukumati olib borayotgan siyosat dastidan chet ellarda sargardon bo‘layotgan o‘zbekistonliklarning kechagi OzodlikOnlineda yangragan hasratlari hosil qilgan G‘azabdan to‘ralgan fikrdir.

Pasporti biometrik emasligi uchun Vatanga qaytolmayotganlarning gaplarini eshita-eshita bir hamkasbim g‘azabdan bir-biriga botgan tishlari orasidan shu xulosani siqib chiqardi:

O‘zbekiston o‘z fuqarolariga “viza” joriy etibdi!

Mana eshiting, hasratlardan birini:

Ўзбекистонга қайтолмаётган аёл:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:33 0:00
Бевосита линк

Agar shu yig‘idan keyin ham loqayd qolgan bo‘lsangiz, agar shu yig‘idan keyin ham shuuringizda “O‘zbekiston o‘z fuqarolariga “viza” joriy etibdi”, degan fikr paydo bo‘lmagan bo‘lsa – suyuning: maqomingiz o‘zgaribdi, o‘zbek mulozimlari qavmiga qo‘shilibsiz.

G‘azabi yo‘qlar qavmiga qo‘shilibsiz.

Quvonchi yo‘qlar qavmiga qo‘shilibsiz.

G‘azab Fikrning, Quvonch Istakning Doyasi ekan, fikrsizlar qavmiga, istaksizlar qavmiga qo‘shilibsiz.

Maqomlar muborak!

XS
SM
MD
LG