Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:01

Saratovda o‘z egizagi pasporti bilan Rossiyaga kirgan yigit sudlandi


Saratov oblastining Ozinsk rayon sudida 25 yashar O‘zbekiston fuqarosi Hasanboy Ergashev ustidan mahkama bo‘lib o‘tdi.

Rossiya prokuraturasi tomonidan davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tganlikda ayblangan Ergashev¸ sudda aytilishicha¸ o‘z egizagi Husanboyning pasporti bilan olti marta Rossiya hududiga kirib-chiqqan.

2015 yilning 13 sentyabr kuni Ergashev avtomobilda Sankt-Peterburgdan Farg‘onaga ketish uchun chegarani kesib o‘tayotganida chegarachilar tomonidan ushlangan.

Mahkama hukmi bilan Ergashev 10 ming rubl jarimaga tortildi.

XS
SM
MD
LG