Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:18

O‘zbekiston qamoqxonasidan yana bir dindorning o‘ligi chiqdi


O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, Navoiydagi qamoqxonadan diniy ekstremistik guruhga a’zolikda aybdor deb topilib, 9 yilga qamalgan 42 yoshli Mahmudjon Hasanovning jasadi chiqqan. Mahbusning mayiti 3 fevral kuni yarim tunda Navoiydagi 64/46 sonli qamoqxonadan Andijonning Paxtaobod tumanidagi uyiga keltirilgan va erta tongda tuproqqa qo‘yilgan.

Mahmudjon Hasanovning jasadini Navoiy qamoqxonasidan olib kelgan militsiya xodimlari o‘lim sabablari haqida marhumning yaqinlariga hech narsa aytishmagan va zudlik bilan ko‘mishni tayinlashgan.

Marhumning janazasida qatnashgan paxtaobodliklardan birining Ozodlikka aytishicha, dafn marosimi o‘nlab militsiya xodimlari nazorati ostida o‘tkazilgan.

Mahmudjon Hasanov No‘’monovich 1999 yilda “Hizbut-Tahrir” tashkilotiga a’zolikda ayblanib, 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Navoiy qamog‘idan o‘ligi chiqqan mahbus yaqinlari Ozodlik bilan gaplashishni istashmadi.

Navoiydagi 64/46 sonli qamoqxona O‘zbekistondagi eng ko‘p qiynoq qo‘llaniladigan jazoni o‘tash muassasalaridan biri sanaladi.

Toshkentdagi Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromovning Ozodlikka aytishicha, qiynoqlarga ko‘proq diniy va siyosiy motivlar bo‘yicha hibsga olinganlar duchor qilinmoqda.

- Bir xil joylarda diniy e’tiqod bo‘yicha qamalganlarga namoz o‘qigani uchun qiynoqlar qo‘llanilmoqda. Ular birlashib, norozilik qilishganidan so‘ng esa, bir nechtasini qamoq ichidagi ShIZOga qamab, u yerda har qanday usullar bilan qiynoq qilishadi. Shu qiynoqlar asosida bir nechta odamlarning olamdan o‘tish holatlari bo‘layapti,- deydi huquq faoli Sur’at Ikromov.

Xalqaro tashkilotlar ham O‘zbekiston qamoqxonalarida mahkumlar muntazam qiynoqqa solinishi haqida bong urib keladi.

Xalqaro Qizil Xoch yoki BMTning qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi uchun yopiq qolayotgan O‘zbekiston qamoqxonalaridagi inson huquqlariga oid vaziyat tashvishga solayotganini bildirgan.

Mazkur tashkilot vakillari O‘zbekiston qamoqxonalariga borib, u yerdagi haqiqiy ahvol, xususan, qiynoqlar vaziyatini o‘rganishga bir necha yildan beri urinayotgani, biroq hozircha so‘rovlari javobsiz qolayotganini aytib kelishadi.

O‘tgan oyda 2005 yil 13 may kuni Andijonda yuz bergan isyonnni qamoqdan turib boshqargani iddao qilingan Akrom Yo‘ldoshevning bundan besh yil avval qamoqda vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Akrom Yo‘ldoshev 1999 yil 17 fevralda terrorizmda ayblanib, qo‘lga olingan va sud hukmi bilan 17 yillik qamoq jazosini bir kishilik kamerada o‘tayotgan edi.

XS
SM
MD
LG