Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:32

"Mahalla" telekanali Ozodlikdan o‘g‘irlagan rasmning 3 yashar egasini tahqirladi


Zulfizarning otasi 2014 yilda bu rasmni faqatgina Ozodlikka taqdim etayotganini aytgan edi
Zulfizarning otasi 2014 yilda bu rasmni faqatgina Ozodlikka taqdim etayotganini aytgan edi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanali Ozodlik saytida e’lon qilingan bir rasmni o‘g‘irlab, bu rasmga umuman aloqasi bo‘lmagan muammoni yoritish maqsadida foydalandi. “Mahalla” kanalida juma kuni efirga berilgan “To‘ylar muborak!” ko‘rsatuvida qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh muammosini ko‘targan hamkasblarimiz, Ozodlik 2014 yildan beri taqdirini kuzatib kelayotgan Zulfizarning rasmidan foydalanishdi. Telekanal vakillari bu holat yuzasidan izoh berishdan bosh tortishdi.


Hozirda 3 yoshga to‘lgan Zulfizar taqdiri haqida Ozodlik ilk bor 2014 yilda maqola tayyorlagan edi.

Ayrim jismoniy nuqsonlar, xususan “quyonlab” va burun bo‘shlig‘i kasalligi bilan tug‘ilgani uchun onasi tashlab ketgan Zulfizar 23 yashar otasi Sardorning qo‘lida qolgani haqida gap borgan edi.

Sardorning sog‘liqni saqlash muassasalariga qizi uchun imtiyozli jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni so‘rab, qilgan murojaatlari natijasiz yakunlangani haqida Ozodlik bir necha lavha va maqola tayyorlagan edi.

O‘tgan yili O‘zbekiston prezidentining qizi Lola Karimova homiyligidagi “Sen yolg‘iz emassan!” jamg‘armasi Zulfizarning labini operatsiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajat va tashkiliy masalalarni o‘z zimmasiga olib, qizaloq taqdirini o‘zgartirdi. Hozir 3 yashar Zulfizarning ahvoli yaxshi va tengqurlaridan farq qilmaydi.

“Mahalla” telekanali juma kuni Toshkent vaqti bilan soat 15.30da efirga bergan “To‘ylar muborak!” ko‘rsatuvida Zulfizarning 2014 yili, hali 1 yoshligida Ozodlikda e’lon qilingan rasmi ko‘rsatildi. Qizaloqning otasi o‘sha paytda, ma’lum sabablarga ko‘ra, bu rasmni faqatgina Ozodlikka berayotganini aytgan edi.

“To‘ylar muborak!” ko‘rsatuvining 5 fevral kungi soni mualliflari O‘zbekistonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar muammosini ko‘tarishdi. Bunday nikohlardan nogiron bolalar tug‘ilishini tushuntirar ekan hamkasblarimiz illyustratsiya sifatida Zulfizarning rasmidan foydalanishdi.

Ozodlik Zulfizarning voqeasini yaqindan bilishi tufayli bu qizaloqning qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh muammosiga umuman aloqasi yo‘qligini yaxshi biladi. Shu sababdan darhol Zulfizarning otasi Sardor bilan telefon orqali bog‘landik. Sardor ham bu ko‘rsatuvni ko‘rgani va g‘azabda ekanini bildirdi. Lekin bu haqda Ozodlik bilan gaplashishni istamasligini bildirdi. Sardor “bu rasmni faqtagina Ozodlikka bergan edim”, deyish bilan cheklandi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasning “Mahalla” telekanalining o‘zini huquqiy bo‘limi mutasaddisi, deb tanishtirgan vakili mazkur holat yuzasidan izoh bera olmasligini bildirdi.

“Bu haqda hozir bir narsa deya olmayman. Bu ko‘rsatuvni ko‘rganim ham yo‘q, u qanday tayyorlangani, mavzu va mohiyatini ham bilmayman. Lekin bu rasm Ozodlik saytidan o‘g‘irlanganini qanday qilib isbotlaysiz?”, deya savolimizga savol bilan javob berdi “Mahalla” telekanali huquqshunosi.

Zulfizarning ayni rasmi faqatgina Ozodlikka berilganini eslatganimizda, suhbatdoshimiz, "agar qizaloqning oilasida da’volar bo‘lsa fuqarolar murojaati to‘g‘risidagi qonun doirasida da’vo arizasi bilan tegishli joylarga murojaat qilishi mumkin”, deya javob berdi “Mahalla” telekanali mutasaddisi.

XS
SM
MD
LG