Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:59

Anqara Suriya-Turkiya chegarasidagi qochqinlarni halokat bilan yuzma-yuz qoldirmoqchi emas


Turkiya suriyalik qochqinlarni qabul qilish imkon chegarasiga yetib qolgan bo‘lsa-da, ularni qabul qilishda davom etmoqchi. Bosh vazir o‘rinbosari No‘’mon Qurtulmushga ko‘ra, Suriya hukumat armiyasi hujumlaridan qochgan va Turkiyaning Kilis shahri yaqinidagi chegaraga etib kelgan o‘n minglab odamning boshqa qochadigan joyi yo‘q.

“Bu odamlar yo bo‘mbabo‘rondan halok bo‘lishi, yoki biz o‘z chegaralarimizni ochishimiz kerak”, dedi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari.

Prezident Bashar Assadga sodiq kuchlar shu kunlarda Halab shahri atrofidagi isyonchilar nazorati ostida bo‘lgan hududlarga hujum qilmoqda. Bu hujumlar ortidan Suriya-Turkiya chegarasi tomonga 35 mingga yaqin odam qochgan.

Avvalroq Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha mutasaddisi Federika Mogerini Anqarani suriyalik qochqinlarni qabul qilib olishga chaqirgan va “bu huquqiy majburiyat bo‘lmagan taqdirda ham, axloqiy majburiyatdir”, degandi.

O‘tgan yilning noyabr oyida Yevropa Ittifoqi qochqinlarga yordam tariqasida Turkiyaga 3 milliardu 300 million dollar ajratishga va’da bergan. Turkiya shu kungacha xorijlik 2,5 million kishiga boshpana bergan.

XS
SM
MD
LG