Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:59

Kanada Iroq va Suriyada IDga qarshi havo zarbalarini to‘xtatmoqchi


Kanada Iroq va Suriyada “Islomiy davlat” guruhiga qarshi havo zarbalarini to‘xtatadi va yaqin ikki hafta ichida olti qiruvchi samolyotini chaqirib oladi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi.

Tryudoga ko‘ra, parvozlar 22 fevral kuni to‘xtatiladi, biroq mintaqadagi kanadalik harbiy maslahatchi va murabbiylar soni 650 nafardan 830 nafarga ko‘paytiriladi.

Shuningdek, Kanada mintaqada ikki razvedkachi uchog‘i va yoqilg‘i quyish samolyotini qoldiradi.

Tryudo faqat havo zarbalari bilan Iroq va Suriyada uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlab bo‘lmaydi, degan fikrda.

Kanada hukumati Yaqin Sharqqa insonparvarlik yordami va taraqqiyotga ko‘mak sifatida 718 million dollar berishni ham va’da qilmoqda.

Jastin Tryudo hukumat tepasiga o‘tgan yil oktyabrida kelgan. O‘z saylovoldi kampaniyasida u Iroqda va Suriyada Kanada uchoqlari bo‘mbabo‘ronlarini to‘xtatishga va’da bergandi.

XS
SM
MD
LG