Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:22

Merkel Rossiyaning Suriyadagi xatti-harakatlaridan dahshatga tushganini bildirdi


Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya harbiylarining Suriyada amalga oshirgan havo zarbalari oqibatlaridan dahshatda ekanini bildirdi.

8 fevral kuni turk rasmiylari bilan muzokara o‘tkazish uchun Anqaraga kelgan Merkel Rossiyaning Suriyadagi harakatlari tinch fuqarolarga nisbatan hujumlarni taqiqlovchi BMT rezolyutsiyasiga zid kelishini urg‘ulab, Moskvadan zudlik bilan harbiy tajovuzni to‘xtatishni talab qildi.

G‘arb mamlakatlari Moskva Suriya shimoli va g‘arbida terrorchilar o‘rniga tinch aholi vakillarini nishonga olayotganini aytib, tanqid qilib keladi. Kreml esa bu ayblovlarni rad qilishda davom etmoqda.

Angela Merkel bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘li, zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa, o‘z mamlakati bo‘mbabo‘ronlar tufayli Halabdan qochgan 30 ming chog‘li qochqinni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

XS
SM
MD
LG