Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:28

Moskvada muxolifatchi Kasyanov hujumga uchradi


Rossiyalik muxolifatchi Mixail Kasyanov 9 fevral oqshomida Moskvadagi restoranlardan birida bir guruh kishilar hujumiga uchradi. Avval Rossiya bosh vaziri bo‘lib ishlagan, keyinchalik muxolifat safiga o‘tgan Kasyanovga ko‘ra, kecha restoranda uning stoliga ikki kishi yaqinlashib, uning siyosiy qarashlari haqida haqoratli so‘zlar ayta boshlaganlar, keyin esa muxolifatchining yuziga tort uloqtirganlar.

Kasyanov yetakchiligidagi PARNAS partiyasi matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, restoran xavfsizlik xizmati aralashuviga qaramay, hujumchilar voqea joyidan bir guruh kishilar bilan to‘rt avtomobilda qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Hodisa chog‘ida hech joyi shikastlanmagan muxolifatchi “Kommersant” gazetasiga sodir bo‘lgan voqea “hayoti va xavfsizligi uchun tahdid” deb hisoblagani uchun politsiyaga ariza yozganini bildirgan.

Kasyanov bir qancha tarafdori hujumchilarni chechenistonliklarga o‘xshatgan.

O‘tgan hafta Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Instagram’da Kasyanov va safdoshlari merganlik miltig‘i nishonida turganini aks ettirgan videoyozuv yoyinlagandi. Kasyanov restorandagi noxush hodisani uning Rossiya rasmiylaridan Instagram’dagi bu materialni tekshirishni talab qilgani bilan bog‘lamoqda.

XS
SM
MD
LG