Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:41

Gimnastikachi Chusovitina AQShdagi musobaqada 2ta medallik bo‘ldi


O‘zbekistonlik sportchi 41 yashar Oksana Chusovitina gimnastika bo‘yicha AQShning Hyuston shahrida o‘tgan xalqaro musobaqada oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Chusovitina yaqinda Bakuda o‘tadigan Jahon kubogi bosqichida ham ishtirok etadi.

Asli o‘zbekistonlik gimnastikachi oilaviy sharoitlari bois, 2006 yildan boshlab Germaniyani tamsil etgan.

2013 yilning fevralida Xalqaro Gimnastika Federatsiyasi Ijroiy Qo‘mitasi Oksana Chusovitinaning qaytib O‘zbekistonni namoyon etishiga izn berdi.

Chusovitina jahon sport gimnastikasi tarixida ketma-ket olti marta Olimpiada o‘yinlari ishtirokchi bo‘lgan yagona ayol sportchi sanaladi.

XS
SM
MD
LG