Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:04

Rus muxolifati Nemsov xotirasiga marsh o‘tkazmoqchi


Rossiya muxolifatining yirik namoyondasi va Bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Boris Nemsovni xotirlab, u o‘ldirilgan kuni Moskvada marsh o‘tkazish rejalanmoqda.

Tadbir tashkilotchilariga ko‘ra, marsh ishtirokchilari Slavyanskiy maydonidan boshlab Nemsov o‘ldirilgan Katta Moskvoresk ko‘prigigacha borishadi.

Nemsov xotirasiga bag‘ishlangan aktsiyalarni Rossiyaning boshqa shaharlari, jumladan, Nijniy Novgorodda ham o‘tkazish rejalanayapti.

Boris Nemsov o‘tgan yilning 27 fevral kuni Moskvada prezident Vladimir Putin siyosatiga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan norozilik namoyishiga ikki kun qolganida Kreml yonidagi ko‘prikda o‘ldirib ketilgan edi.

Muxolifatchini o‘ldirganlikda gumonlanib chechenistonlik besh kishi hibsga olingan.

O‘tgan yilning 18 noyabr kuni sud qotillikni uyushtirishda gumonlangan Checheniston ichki ishlar vazirligining “Sever” batalyoni ofitseri Ruslan Muxudinovni hibsga olish bo‘yicha sirtdan hukm chiqardi.

AQShning 2015 yildagi “Ozodlik” mukofoti “Vladimir Putin davrida Rossiyada demokratiya, inson huquqlari va adolatli sudlov uchun kurashga bag‘ishlangan umr uchun” munosib topilgani uchun Boris Nemsovga berilgan.

XS
SM
MD
LG