Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:19

Moskvada odam o‘ldirishda ayblangan ikki o‘zbekistonlik qamaldi


Moskva shahar sudi 9 fevral kuni o‘zbekistonlik 32 yoshli Bahodir Saydullaev va 26 yoshli Obid Abdurahimov ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Saydullaev yollanma qotillikni uyushtirish, Abdurahimov esa yollanma qotillikda ayblangan.

Mahkama jarayonida aniqlanishicha, 2014 yil sentyabrida Saydullaev rashk tufayli sobiq xotinining tanishini o‘ldirtirmoqchi bo‘lgan. Shu maqsadda u yurtdoshi bo‘lgan Abdurahimov bilan uchrashib, raqibini yo‘q qilish uchun unga 10 ming AQSh dollari taklif qilgan.

2014 yil 3 oktyabrida Abdurahimov aytilgan kishini Plyushchev ko‘chasida pichoqlagan. Olingan jarohat tufayli qurbon o‘sha joyning o‘zida jon bergan.

Abdurahimov jinoyatdan ikki hafta o‘tgach ushlangan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida esa 2015 yilning 1 sentyabrida Saydullaev ham qo‘lga olingan.

Moskva shahar sudi Bahodir Saydullaevni 17 yilga, Obid Abdurahimovni esa 15 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilgan.

XS
SM
MD
LG