Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:44

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Toshkentdagi NATO vakilini qabul qildi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov NATOning Markaziy Osiyo davlatlari bilan ishlash byurosining Toshkentdagi yangi rahbari Rozario Pulizini qabul qildi.

10 fevral kungi uchrashuvda O‘zbekiston va NATO o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlik dasturlarini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi, deyiladi tashqi ishlar vazirligi xabarnomasida.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalr bo‘yicha fikr almashdi, deyiladi qisqa xabarnomada.

Rozario Pulizi Toshkentdagi NATO byurosi rahbarligiga yaqinda tayinlandi.

NATOning Toshkentdagi vakolatxonasi 2014 yilning may oyida ochilgan edi. Mazkur idora diplomatik missiya doirasida tashkilotning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlashga doir faoliyatni amalga oshiradi.

XS
SM
MD
LG