Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:10

Rossiya bir hafta ichida Suriyada 1900 nishonni havodan o‘qqa tutganini aytmoqda


Rossiya o‘tgan bir hafta davomida Suriyada 1900 nishonni havodan o‘qqan tutganini aytmoqda. Mudofaa vazirligining 11 fevral kuni bayon qilishicha, havo hujumlari Aleppo, Latakiya, Hama, Dayr az-Zor, Daraa, Homs, Hasaka va Raqqadagi nishonlarga tekkan.

Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z zarbalari Alepponing aholi yashaydigan mintaqalarini nishonga olgani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etdi va shahardagi ikkita shifoxonaning vayron etilishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan bosh tortdi.

Suriya hukumat kuchlari Rossiya havo hujumlari yordamida Aleppo shahrining isyonchilar nazoratida qolayotgan mintaqalarini ishg‘ol etish urinishlarini davom ettirmoqda.

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga ko‘ra, keyingi kunlarda janglar ko‘lamining oshgani butun viloyat bo‘yalab yana 50 ming kishining o‘z joylarini tashlab ketishiga olib kelgan. Shaharda gumanitar vaziyat keskin yomonlashishda davom etmoqda va yordam yetkazish yo‘llari uzilmoqda.

XS
SM
MD
LG