Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:56

Qurultoy: O‘zbek jamiyatining geylarga munosabatini o‘zgartirish mumkinmi?


O‘tgan hafta Islom Karimov¸ geylikni “bemaza G‘arb madaniyati”ga oid yot hodisa¸ geylarni esa¸ Xudo aqlini olgan nosog‘lom odamlar deb atadi.

Ayni paytda Karimovning bunday bahosi¸ sotsiologlar fikricha¸ o‘zbek jamiyatida jinsiy ozchilikka nisbatan mavjud munosabatning nisbatan mo‘’tadil ko‘rinishi va umumiyatla jamiyat bu toifa odamlarga nisbatan nihoyatda toqatsiz bo‘lib bormoqda.

21-asrda¸ dunyoviy¸ demokratik va adolatli jamiyat qurishni iddao qilaëtgan O‘zbekistonda bunday toqatsizlikka qanday barham berish mumkin?

“Qurultoy”da qatnashgan ruhshunos olim Mahmudjon Yo‘ldoshev¸ “Ijtimoiy so‘rov” markazining etakchi tahlilchisi Marat Hojimuhammedov¸ blogger Qanat Odil va o‘zini teolog mutaxassis deb tanishtirgan Timur Olimovlar ana shu savol atrofida mulohaza yuritdilar.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘tgan hafta Toshkent viloyati xalq deputatlari kengashi yig‘inida so‘zlagan nutqida geylarni tanqid qilib, ularni ruhan sog‘lom bo‘lmagan odamlarga chiqardi.

Гейлар Каримовнинг меҳридан мосуво қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:47 0:00

"Agar erkak boshqa erkak bilan yashasa, yoki ayol boshqa ayol bilan yashasa, men o‘ylaymanki, sizlarga ko‘rsatayotganim mana bu yerida nimadir noto‘g‘ri yoki o‘zgargan bo‘lishi kerak", dedi boshiga qo‘lini qo‘yib Karimov.

"Ijtimoiy so‘rov" markazining yetakchi tahlilchisi Marat Hojimuhammedov¸ o‘zi o‘tkazgan so‘rov xulosalariga tayanib turib¸ o‘zbek jamiyatining geylarga nisbatan munosabati Karimovnikiga uyqash ekanini bildirdi.

Marat Hojimuhammedov o‘zbek jamiyatining jinsiy ozchilikka nisbatan munosabatini “salbiy” deb baholadi va buni o‘zbek jamiyatida chuqur ildiz otgan islomiy aqidalar¸ shuningdek¸ oila qadriyatlari bilan izohladi.

“Bu narsada o‘zbeklar munosabati salbiy bo‘lgan va shunday qoladi”¸ dedi jumladan sotsiolog olim.

Timur Olimov¸ davra suhbatida o‘zbek jamiyatida asrlar davomida hukm surib kelgan salbiy munosabatni tamsil qildi va jinsiy ozchilikni islomiy aqidalardan kelib chiqib¸ kamida qolgan jamiyatdan ihotalash lozim¸ degan iddaoni o‘rtaga qo‘ydi.

Mahmudjon Yo‘ldoshev va Qanat Odil¸ jinsiy ozchilikka nisbatan salbiy munosabatning Rossiya telekanallari ta’sirida agressiyalashuvi kuzatilayotgani va buning xavfli ekanini qayd etishdi.

Bu mutaxassislar¸ “bugun O‘zbekistonda demokratik¸ erkin jamiyat qurish jaraëni boraëtgan ekan¸ jamiyat o‘zini ana shu ozchilikka nisbatan bag‘rikeng bo‘lishga¸ ularga shaxs sifatida qarab¸ ular haqqini ham hurmat qilishga o‘rganishi kerak. Har qanday demokratiyaning asosi¸ tamal toshi shunday qadriyatga quriladi”¸ degan fikrda sobit turdilar.

“Qurultoy” davra suhbatini quyida tinglashingiz mumkin.

Ўзбек жамиятининг гейларга муносабатини ўзгартириш мумкинми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:38:50 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG