Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:38

Xorijdagi o‘zbeklar uchun sertifikat olish tartibi bekor qilindi


Xorijda nobiometrik pasport bilan yurgan o‘zbekistonliklarga “Vatanga qaytish sertifikati” olish tartibi bekor qilindi.

Endilikda xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari 2018 yilning 1 iyuligacha eski pasport bilan mamlakatga qaytishlari mumkin.

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bu haqda besh kun avval Toshkentdan maxsus yo‘riqnoma olingan.

Dushanbedagi O‘zbekiston elchixonasi yoyinlagan notaga ko‘ra, agar O‘zbekiston fuqarosi nobiometrik pasportining yaroqlilik muddati o‘tib ketmagan bo‘lsa, shu pasportdan yurtga qaytish uchun hujjat sifatida foydalanishi mumkin.

O‘zbekistondan chiqish uchun esa fuqarolar biometrik pasportga ega bo‘lishlari shart.

O‘zbek elchixonasi Tojikistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarini bu ma’lumotni o‘z davlatining tegishli idoralariga etkazib qo‘yishni iltimos qilgan.

XS
SM
MD
LG