Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:13

Medvedev: Rossiya va YeI o‘rtasida savdo aylanmasi ikki baravar kamaydi


Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo aylanmasi YeI sanksiyalari hamda neft narxlarining tushishi sabab ikki baravar kamaydi.

Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Myunxenda o‘tayotgan xalqaro xavfsizlik anjumanida ta’kidladi.

- Bir yil avval YeI va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 450 milliard yevroni tashkil etgan bo‘lsa hozir bu raqam 235 milliard yevro atrofidadir, - dedi Medvedev.

Germaniyaning Myunxen shahrida o‘tayotgan xalqaro xavfsizlik anjumanida Medvedev, shuningdek, NATO va Rossiya o‘rtasida yuzaga kelgan hozirgi xolatni yangi sovuq urushining boshlanishi, deb ta’rifladi.

– NATOning Rossiyaga nisbatan siyosiy mavqei bizningcha nodo‘stona va yopiq bo‘lib qolmoqda. Qo‘polroq qilib aytganda yangi sovuq urushi yoqasiga kelib qoldik, - dedi Medvedev.

Rossiya bosh vaziri o‘z chiqishida yevroatlantika xavfsizligi va global miqyosda barqarorlikni taminlash uchun Moskva va g‘arb o‘rtasida muntazam muloqot muhimligini ta’kidladi.

Hafta boshida AQSh Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mita yig‘inida so‘z olgan AQSh Milliy razvedkasi boshlig‘i Jeyms Klepper Rossiyani yangi sovuq urushini boshlayotganlikda ayblagandi.

Rossiya va NATO orasidagi munosabatlar 2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilishi va Ukraina sharqida qurolli nizoni keltirib chiqarishi ortidan keskinlashdi.

XS
SM
MD
LG