Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:13

O‘zbekiston xalq xofizi O‘lmas Saidjonov vafot etdi


O‘zbekiston xalq xofizi O‘lmas Saidjonov 13 fevral kuni 65 yoshida vafot etdi.

Bu haqda Toshkentdagi Badiiy jamoalar birlashmasi (sobiq Filarmoniya) matbuot kotibi Muzaffarbek Durdiev matbuotga yakshanba kuni ma’lumot bergan.

Xabarda aytilishicha, O‘lmas Saidjonov 14 fevral kuni Toshkentning Minor kabristoniga dafn etilgan.

1951 yilning 10 yanvarida Kitob tumanida tug‘ilgan O‘lmas Saidjonov Qarshi davlat pedagogika instituti hamda Toshkent davlat irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlaganiga qaramay, 1969 yilda yosh ijrochilar respublika ko‘rik-tanlovida g‘olib chiqqanidan so‘ng o‘z umrini san’atga bag‘ishladi.

Hofizning "Surating", "Oshiq bo‘libman", "Guluzorim","Jonon bo‘laman deb" kabi ko‘plab qo‘shiqlari san’at muxlislari qalbidan joy olgan.

Ozodlik radiosi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

XS
SM
MD
LG