Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:44

Tashqi ishlar vazirligi “Vatanga qaytish sertifikati” bekor qilinganini tasdiqladi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nobiometrik pasportning O‘zbekistonga qaytish uchun ishlatilishi mumkinligini tasdiqladi.

Vazirlik saytida 12 fevral kuni paydo bo‘lgan xabarnomada “O‘zbekiston Respublikasining mutasaddi idoralari qaroriga binoan nobiometrik shakldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, uning amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, pasport egasining faqatgina O‘zbekiston Respublikasiga, jumladan uchinchi davlatlar hududi orqali tranzit yo‘li bilan qaytishi uchun ishlatilishi mumkin”, deya bildirildi.

Bunga oid ma’lumot, deyiladi xabarnomada, xorij davlatlariga yetkazildi.

Unda yana aytilishicha, mazkur tartib 2018 yilning 1 iyuliga qadar saqlab qolinadi.

Shu bilan birga vazirlik O‘zbekistondan chiqish uchun fuqarolarning biometrik pasportga ega bo‘lishi talab etiladi, deya eslatdi.

Shu yil boshidan mamlakat tashqarisida yurgan minglab o‘zbekistonliklardan mamlakatga qaytish uchun O‘zbekiston elchixonasidan “Vatanga qaytish sertifikati”, deb nomlanuvchi hujjatni olishi talab etilayotgan edi. Bu holat, ayniqsa Rossiyadagi mehnat muhojirlari noroziligiga sabab bo‘ldi.

O‘tgan hafta mazkur tartib bekor qilingani to‘g‘risida xabar paydo bo‘ldi, lekin bu haqda rasman bildirilmagan edi.

XS
SM
MD
LG