Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:56

Bosniya va Hersegovina YeIga qo‘shilish uchun topshirdi


Bosniya va Hersegovina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha rasman ariza topshirdi.

Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat bo‘yicha komissari Frederika Mogerini 15 fevral kuni Saraevo ariza topshirgani, lekin rasmiy Bryussel hozircha Bolqon davlati buning uchun barcha talablarga javob bermagan, degan xulosaga kelganini bildirdi.

YeIning amaldagi raisi Hollandiya Tashqi ishlar vazirini Bert Koenders YeI “Bosniyaning islohotlar yo‘liga qaytganidan” mamnun ekanini bildirdi.

Bosniya Bosh vaziri Denis Zvizdich 10 fevral kuni o‘z mamlakati ariza topshirish niyatida ekani va Bosniya buning uchun barcha shartlarini bajargan, deb hisoblashini bayon qilgan edi. Zvizdich 28 mamlakatdan iborat YeI 2017 yilda Bosniyaga nomzod mamlakat maqomini berishiga umid bildirdi.

XS
SM
MD
LG