Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:22

BahsOnline: Yozuvchilar va boshqa ijodkorlar uchun uyushma kerakmi?


BahsOnlinening bu galgi sonida yozuvchilar va boshqa ijodkorlar uchun uyushma kerakmi degan savol muhokama qilinadi.

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz har chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

12 fevral kuni Ozodlik ixtiëriga kelib tushgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Ekspert kengashi qarorida uyushma tarkibi sifat jihatidan qayta ko‘rib chiqilgani qayd etilgan edi. Mazkur qarorga muvofiq 7 yanvardan boshlab, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi 26 yozuvchi va shoirni rasman o‘z safidan chiqargan.

Ekspert kengashi qarorida aytilishicha¸ bu ijodkorlar prezident bergan ko‘rsatmaga amal qilib¸ “istiqlol yillarida mamlakatda kechayotgan ulug‘vor ishlarga daxldorligini his etmagani uchun” a’zolikdan chiqarilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ofur Eshmurodov Ozodlik bilan suhbatda yuqorida aytilgan ma’lumotga aniqlik kiritdi.

Uning aytishicha, 26 yozuvchi va shoir uyushma a’zoligidan bir vaqtning o‘zida chiqarilmagan, ular yillar davomida uyushma safidan chiqarilgan.

Shu o‘rinda yozuvchilar va boshqa ijodkorlar uchun uyushmalar sovet davri merosi sifatida o‘z umrini yashab bo‘lmadimi¸ degan fikr ham aytilmoqda.

Yana birovlar esa¸ G‘arbda ijodkorlar uchun gilьdiya va birlashmalar¸ PEN klublar mavjudligini aytib uyushmanig zarurligini ta’kidlashmoqda.

XS
SM
MD
LG