Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:38

O‘zbek paxtasidan voz kechgan H&M turkmanlardan ham paxta sotib olmaydigan bo‘ldi


Shvetsiyaning kiyim-kechak savlosi bilan shug‘ullanuvchi H&M kompaniyasi 2015 yilning dekabridan boshlab Turkmaniston va Suriya paxtasidan voz kechgani bugun ma’lum bo‘ldi. H&M ga tovar yetkazib beruvchi kompaniyalar tilga olingan ikki mamlakatdan paxta sotib olmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.

Bu haqdagi kelishuvni imzolamagan kompaniyalar bundan buyon H&M orqali tovar sota olmaydi.

H&M 2013 yili O‘zbekiston paxtasidan voz kechgan. Mazkur kompaniya bilan bir qatorda o‘z vaqtida Target, Walmart, C&A, Marks&Spencer, IKEA, Tesco kabi yirik chakana savdo tarmoqlari majburiy mehnat evaziga yetishtiriladigan o‘zbek paxtasini ishlatishdan voz kechgan va O‘zbekistondagi majburiy mehnatga qarshi kampaniyaga qo‘shilgan.

AQShdagi bolalar mehnatiga qarshi kurashuvchi “RSN -Responsible Sourcing Network” tashkilotiga ko‘ra, O‘zbekistonda majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi petitsiyani imzolagan shirkatlar soni 150 dan ortgan.

XS
SM
MD
LG