Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:40

Toshkentda 4 namozxon salafiylikda ayblanib, sudlanmoqda


Suratning xabar qilinayotgan voqeaga aloqasi yo‘q
Suratning xabar qilinayotgan voqeaga aloqasi yo‘q

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida poytaxtning Chilonzor tumanida istiqomat qilgan 4 nafar dindor ustidan mahkama jarayoni bormoqda. Dindorlar “Salafiylar” diniy oqimiga mansublikda ayblanib, Toshkent shahar IIBB tomonidan 2015 yilning 20 iyulida hibsga olingan. Bu haqda “Ozodlik”ka Toshkent shahar Chilonzor tumani IIBning ismini ochiqlamaslikni so‘ragan mulozimi xabar qildi.

Toshkent shahar MXX boshqarmasi tergov bo‘linmasi tomonidan tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, Akmal O‘rinov (1985 yilda tug‘ilgan), Temur Siddiqov (1981 yilda tug‘ilgan), Oybek Solihov (1983 yilda tug‘ilgan) va Davron Qayumov (1988 yilda tug‘ilgan)lar O‘zbekiston Respublikasi JKning 216-moddasi (Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish) va 2443-modda (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)da ayblanmoqda.

“Salafiylar” oqimiga mansublikda ayblanib sudlanayotgan bu shaxslar, ayblov xulosasiga ko‘ra, "o‘zaro jinoiy til biriktirib, diniy oqim g‘oyalarini jamiyatga yoyish, fundamentalistik va aqidaparsatlik tamoyillarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. Jamoat joylari, kafe va muassasalarda fuqarolarga o‘z qarashlarini singdirishga uringan".

Sudlanuvchilarning advokatlariga ko‘ra, tergov va sud jarayonlarida ayblanuvchilarning huquq va manfaatlari kamsitilgan. Xususan, dastlabki so‘roq davrida ular himoya huquqidan mahrum qilinib, rasman hibsga olingan 20 iyulga qadar g‘ayriqonuniy ravishda ikki hafta tergov izolyatorida ushlab turilgan.

“Ayni paytda sudda guvohlarni eshitish, dalillarga baho berish jarayoni kechmoqda. Shu haftaning juma kuni taraflar muzokaraga kirishadi. Shunday so‘ng sudlanuvchilarning taqdiri haqida taxmin qilish mumkin. Protsessual qonunbuzarliklar etarli, ammo dindorlar bilan bog‘liq mahkama doim ham englil ko‘chmaydi. Aksar hollarda ular uzoq yillik qamoq jazolariga hukm qilinishadi” dedi advokatlardan biri.

Dindorlarga qo‘yilayotgan ayblovlar tasdiqlansa, ularga nisbatan 10 yildan 15 yilga qadar ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG