Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:07

OzodNazar: Nazarboev 20 yil orzu qilgan tashkilotga nega Karimov kirmoqchimas?


Qozog‘iston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishni qariyb 20 yil kutdi va nihoyat, o‘tgan yili qabul qilindi. Bu mamlakat JSTga a’zo bo‘lish yuzasidan muzokaralarni 1996 yilda boshlagan edi. O‘zbekiston esa JSTga a’zo bo‘lishi borasida muzokaralar olib borayotgani ham yo‘q. Xo‘sh, nega? Ostonadagi Yevroosiyo universiteti dotsenti, O‘zbekiston hukumatining sobiq mulozimi Saparboy Jubaev bilan suhbatimiz shu masaladan boshlandi.

Shu haftada qator axborot vositalari Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Yuriy Shterkning tilga olganimiz masaladagi bayonoti to‘g‘risida xabar qildi.

Shterk Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishi jarayonini jadallashtirish masalasini ko‘rib chiqishda ekspertlik bahosini berishga tayyorligini bildirdi. Biroq, Shterkka ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi borasida muzokaralar olib borilayotgani yo‘q.

podrobno.uz saytiga ko‘ra, Yuriy Shterk bunday degan:

“O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishiga tayyorgarlik darajasi haqida gap ketganda, shuni aytishim mumkinki, bu masala sinchkovlik bilan kuzatilayotgan jarayon bo‘lib, uni amalga oshirish kerak. Buni O‘zbekistonlik sheriklarimizning tashkilotga a’zolikka siyosiy xohishi bilangina amalga oshirish mumkin. Hozirgi bosqichda ushbu yo‘nalishdagi tashabbusni ilgari surishning boshida turibmiz. O‘zbekiston tarafidan tashkilotga a’zo bo‘lishga qiziqish bildirilgan. Hozirgi paytda aynan a’zo bo‘lish borasida aniq muzokalar olib borilayotgani yo‘q”.

Diplomatning aytishicha, Yevropa Ittifoqi o‘zbekistonlik sheriklariga ushbu jarayonni jadallashtirish masalasini ko‘rib chiqishni “tavsiya qilib keladi”. O‘zbekistonning mamlakat iqtisodiyotiga risklar bo‘yicha xavotirlariga keladigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqi bu borada ekspertlik bahosini berishga tayyor.

“Bizda bu borada tajriba bor. Chunki Sharqiy Yevropa mamlakatlari orasida bunday jarayonni boshdan kechirganlar bor. Shu sababli bizda tegishli masalalarni hal qilishga yordam beradigan chora-tadbirlarni tavsiya qilishga va risklarni baholashga tajriba bor”, degan Yuriy Shterk.

Сапарбой Жубаевнинг OzodNazarи:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:11 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG