Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:04

AQSh Liviyada jihodchilarga qarshi reyd o‘tkazdi


Bugun ertalab AQSh aviatsiyasi Liviyadagi islomiy jihodchilar lagerlariga havo zarbalari berdi.

The New-York Times nashrining G‘arbdagi manbaga tayanib xabar qilishicha, AQShning Liviyadagi reydlari o‘tgan yili Tunisda sodir etilgan ikkita terrorchilik hujumlarining tashkilotchisi Nuriddin Shushaniy yashiringani taxmin qilingan hududlarda o‘tkazilgan.

Tripoli g‘arbidagi aviareydlar natijasida o‘ttizdan ziyod IShIDchilar o‘ldirilgan.

O‘lganlar orasida Nuriddin Shushaniy ham bor yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.

Shushaniy o‘tgan yili Tunisdagi Milliy muzey va Sus shahrida uyushtirilgan ikkita hujumning tashkilotchisi sifatida ko‘rilmoqda.

Ushbu ikkita hujumda jami 60 odam halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG