Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:07

O‘zbekistondagi qamoqxonadan yana bir mahbusning o‘ligi chiqqan


O‘zbekiston qamoqxonasidan islomiy ekstremizmda ayblanib 17 yilga qamalgan andijonlik 32 yoshli mahbusning jasadi chiqqan. Ikromjon Nizomovning mayiti 24 noyabr kuni Toshkentdagi 64/18-sonli qamoq kasalxonasidan Andijonning Qorasuv shahridagi uyiga keltirilgan va shu kuni tuproqqa qo‘yilgani haqda Ozodlik shanba kuni xabar topdi.

Ikromjonni o‘ligini olib kelgan qamoqxona nozirlari mahkum sil kasalligidan vafot etganini aytishgan.

2006 yilda “Hizb ut tahrir” diniy oqimiga a’zolikda ayblanib, qamalgan Ikromjon Nizomov Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi 64/48 sonli qamoqxonada jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan.

Sil kasaliga chalingani aytilayotgan mahbusning ahvoli og‘irlashgach, u Toshkentdagi Sangorod deya ataluvchi 64/18-sonli qamoq kasalxonasiga olib kelingan va o‘sha yerda hayotdan ko‘z yumgan.

Mahkumning oila-a’zolari uning o‘limi haqida Ozodlikka gapirishni istashmadi.

Bu so‘nggi uch oy ichida Ozodlik o‘rgangan o‘zbek qamoqxonasidagi to‘rtinchi o‘lim holatidir.

11 fevral kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 64/48 sonli qamoqxonadan 44 yashar Doston Abdurahmonovning o‘ligi chiqqani haqda Ozodlik xabar berdi.

Diniy ayblovlar bilan qamalgan Abdurahmonovning qiynoqlardan vafot etgani aytilgan.

Shu oy boshida esa Navoiydagi 64/46 sonli qamoqxonadan diniy ekstremistik guruhga a’zolikda aybdor deb topilib, 9 yilga qamalgan 42 yoshli Mahmudjon Hasanovning ham jasadi chiqqan edi.

O‘tgan hafta esa Ozodlik o‘g‘irlikda ayblanib 16 yilga qamalgan jizzaxlik 29 yoshli Shahob Mahkamovning mayiti Navoiydagi 64/46 sonli qamoqxonadan Jizzax shahrining Ko‘tarma mahallasidagi uyiga keltirilgani haqda xabar bergan edi.

Sur’at Ikromovning aytishicha, so‘nggi paytda O‘zbekistondagi qamoqxonalardan mahkumlarning o‘ligi chiqish holatlari ko‘paygan:

- Qamoqxonalardan jasadlar chiqishi ko‘paysa ko‘payayaptiyu, lekin kamaymayapti. So‘nggi paytda, IShID bahonasida diniy ayblovlar bilan qamalganlarga nisbatan qiynoqlar ko‘paydi, deydi Sur’at Ikromov.

Xalqaro tashkilotlar ham O‘zbekiston qamoqxonalarida mahkumlar muntazam qiynoqqa solinishi haqida bong urib keladi. Lekin, O‘zbekiston hukumati qiynoq iddaolarini rad etib keladi.

XS
SM
MD
LG