Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:01

OzodlikOnline: O‘zbek domlalari qanday savdolashadi?


Qozog‘istonlik talaba qizlar o‘z "ustozi"ning ochiqchasiga pul talab qilganiyu¸ auditoriyada kimning qachondan beri qancha "qarz" ekani haqida bemalol leksiya o‘qiganini videoga tushirib¸ ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka yoyinladilar.

Bu video ortidan o‘qituvchi va kollej direktori ishdan olinib¸ o‘qituvchi "opoy"ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa-da¸ Qozog‘iston ta’lim sohasidagi poraxo‘rlik muammosi shu bilan yechimini topib qolgani yo‘q.

Qo‘shni O‘zbekiston umumiyatla¸ xususan¸ oliy ta’lim tizimdagi poraxo‘rlik bo‘yicha mintaqa va jahondagi "yetakchi"lardan sanaladi va bu borada Qozog‘istondan ancha "ilgarilab" ketgan.

O‘qishga kirishdan to uni bitirgunga qadar talabalarning o‘qituvchi va ma’murlar tomonidan ochiq ta’magirlik nishoniga aylanishi haqida Ozodlikka ko‘p va xo‘p yozishadi.

Bu muammoni bilvosita e’tirof etuvchi O‘zbekiston huquq tizimlari vaqti-vaqti bilan oliygoh o‘qituvchilarini pora olayotgan paytda qo‘lga olib¸ ularni qamab kelmoqda.

Xususan¸ 12 fevral kuni Qarshi Muhandislik iqtisodiyot institutining iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, 61 yashar Rahmatullo Ergashev pora olganlikda gumonlanib, viloyat prokuraturasining Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan hibsga olindi.

Joriy oy boshida Guliston Davlat universiteti pedagogika fakulteti dekani ham talabadan 300 ming so‘m pora olayotgan paytda qo‘lga olingan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashning bunday epizodik shoulari bilan ayni paytda o‘zbek ta’lim muassasalaridagi poraxo‘rlik ming bir ko‘rinishda davom etmoqda.

Siz¸ O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’limidagi buqalamun kabi tusi va turini o‘zgartirib borayotgan poraxo‘rlik ko‘rinishlarini qanday tasvirlaysiz?

O‘zbek "ustoz"lari ham Qozog‘istondagi videoda aks etgan kabi ochiq narx qo‘yib¸ ochiq savdolashadimi?

O‘zingiz shunday savdo ob’ekti bo‘lganmisiz? Bunday savdolashuvni videoga olib¸ fosh qilish imkoni O‘zbekistonda qanday?

Ta’lim tizimida pora olish va berishning turli va turli xilma-xil shakllari ijodkorlari kimlar - oluvchilarmi yoki beruvchilar?

Poraxo‘rlar¸ xususan¸ ta’limdagi poraxo‘rlikni videoa tushirib¸ uni jamoatchilikka fosh qilish bilan korrupsiyani kamaytirish mumkinmi?

Dushanba¸ 22 fevral kuni Toshkent vaqti bilan oqshomgi soat 7 dan 8 ga qadar bo‘ladigan jonli muloqotda shu mavzuda gaplashamiz. Suhbatga OzodSkype, OzodlikOnline va OzodOvoz Skype manzillari orqali qo‘shilishiniz mumkin.

XS
SM
MD
LG