Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:24

Armaniston harbiylari Ozarbayjon chegaralarida bir kunda 113 marta o‘q otdi


Armaniston qurolli kuchlari bir sutka davomida o‘q otishni to‘xtatish rejimini 113 marotaba buzdi. Bu haqda yakshanba kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonot tarqatdi.

Vazirlikning bildirishicha, arman harbiylari chegara oldidagi 20ta qishloq va uchta tumanga yaqin hududlarda o‘q otgan. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman harbiylariga javoban ozarbayjon askarlari 114 marta o‘q otganini ham ma’lum qildi.

Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ muxtor respublikasi yuzasidan 1991 yildan beri bir-birlari bilan urush holatida qolmoqda. Mazkur hududda 1991-1994 yigacha faol harbiy harakatlar olib borilgan edi.

XS
SM
MD
LG