Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:19

Ingushetiyada Stalin deportatsiyasi qurbonlari xotirlandi


Seshanba kuni Rossiya tarkibidagi Ingushetiya Respublikasida Stalin deportatsiyasi qurbonlari xotirlandi.

Marosimda minglab odamlar va Respublika rahbarlari ishtirok etdi. Ingushetiya bo‘ylab deportatsiya qurbonlari xotirasiga Qur’on tilovat qilindi.

Chechenistonda 2012 yildan beri Stalin tomonidan deportatsiya qilingan chechenlar xotirasi yodga olinmaydi. Respublika rahbarining rasmiy saytida ham 23 fevral chechenlar va ingushlar deportatsiya qilingan kun ekani eslanmagan. Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov otasi Axmat Qodirov vafot etgan kun-10 mayni Xotira va motam kuni, deb e’lon qilgan.

1944 yilning 23 fevralida 650 ming chechen va ingush o‘z vatanlaridan Markaziy Osiyoga ko‘chirilgan edi. Deportatsiya qilinganlarning yarmidan ko‘prog‘i yo‘lda olib kelinayotgan paytda ochlikdan, suvsizlikdan va og‘ir sharoitlar tufayli halok bo‘lgan. 1957 yilda chechen va ingushlarga vatanlariga qaytishga ruxsat berilgan.

XS
SM
MD
LG