Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:39

O‘zbekistonga Qirg‘izistondan 332 bosh qo‘y va echkini o‘g‘irlab o‘tgan guruh fosh etildi


O‘zbekiston chegarachilari qirg‘izistonlik hamkasblari bilan qirg‘iz qishloqlaridan yanvar oyida 332 bosh qo‘y va echkini o‘g‘irlab ketgan jinoiy guruhni fosh etdi.

Tezkor qidiruv ishlari natijasida chorvani O‘zbekistonga o‘g‘irlab olib o‘tgan ikki qirg‘izistonlik va bir o‘zbekistonlik qo‘lga olingan. Jinoiy guruhga a’zo bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlik qidiruvga berilgan.

Qirg‘iziston chegara xizmatining bildirishicha, O‘zbekiston chegarachilari O‘sh viloyati Aravon tumani Qumbel qishlog‘idan o‘g‘irlanib, O‘zbekistonga olib ketilgan yuz bosh qo‘y va echkini topib,23 fevral kuni Qirg‘izistonga qaytargan. Bundan avvalroq, 10 yanvarda esa O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘izistondan o‘g‘irlangan 146 bosh qoramolni topgani va egalariga qaytargani xabar qilingandi.

Shu kungacha O‘zbekiston tomoni qirg‘izistonliklarga 246 bosh chorvani qaytargan.

XS
SM
MD
LG