Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:24

Ozarbayjon armanlarga qurol olish uchun qarz berayotgan Kremlga norozilik bildirdi


Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Armanistonga qurol sotib olish uchun 200 million dollar qarz berayotganiga norozilik bildirib, Kremlga nota jo‘natdi.

Notada Ozarbayjon arman hukumati sotib olingan qurollarni Tog‘li Qorabog‘ hududida qo‘llashi haqida avvaldan xalqaro hamjamiyatni ogohlantirib kelgani aytilgan.

Sovet davrida Ozarbayjonga qarashli bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ muxtoriyati 1990 yildan beri Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida talash bo‘lib qolmoqda. 1991-1995 yillarda Tog‘li Qorabog‘ yuzasidan ikki davlat o‘rtasida urush harakatlari olib borilgan. Ozarbayjon va Armaniston hozirgacha urush holatidagi davlatlar hisoblanadi.

O‘tgan haftada Rossiya Armanistonga qurol sotib olish uchun 200 million dollar qarz berishi xabar qilingan edi. Armaniston bu pulga “Smerch” reaktiv tizimini, “Igla-S” zenit-raketa kompleksini va boshqa harbiy texnik vositalarni sotib olishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG