Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:24

FIFA prezidentligi uchun nomzodlar so‘nggi jangga hozirlanmoqda


26 fevral kuni Xalqaro futbol federatsiyasi o‘z vazifasidan chetlatilgan Zepp Blatter o‘rniga yangi prezident saylaydi.

Saylov arafasida prezidentlikka nomzodlar o‘z tarafdorlari sonini oshirish umidida so‘nggi banotlar qilmoqda.

FIFA prezidentligi uchun kurashayotganlar UEFAning sobiq bosh kotibi Jianni Infantino¸ FIFA sobiq tsitse-prezidenti Iordaniya shahzodasi Ali¸ sobiq FIFA rasmiysi Jerom Shampan va Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmonlardir.

Kuzatuvchilar Shayx Salmonning FIFA prezidentligiga saylanish imkonini yuqori baholamoqda.

Ayni paytda¸ FIFA prezidenti saylanadigan yig‘in paytida AQSh va Shveytsariya huquq tizimlarining navbatdagi hibsga olishlarni amalga oshirishi kutilmoqda.

Xalqaro futbol federatsiyasidagi keng ko‘lamli poraxo‘rlik munosabati bilan AQSh va Shveytsariya federatsiyaning avvalgi yig‘inlari paytida maxsus reydlar uyushtirib¸ yuqori darajali FIFA rasmiylarini qamoqqa olgan edi.

Korrupsiya janjali ortidan prezidentlikdan ketishga majbur bo‘lgan Blatter va uning o‘rnini egallash uchun kurashib kelgan Mishel Platinilarjinoiy ish munosabati bilan FIFA rahbarlik tizimlarida qatnashishdan ma’lum muddatga chetlatildi.

XS
SM
MD
LG