Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:58

O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlarning AQShga olib kirilishi taqiqlanishi mumkin


O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlarning AQShga olib kirilishi taqiqlanishi mumkin. Prezident Barak Obama 24 fevral kuni majburiy va bolalar mehnatidan foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni AQShga olib kirishga imkon berib kelgan qonunchilikdagi kamchiliklarni bartaraf etdi.

Biroq hozircha Qo‘shma Shtatlar bojxonasi huquq faollari majburiy mehnat mahsuli deb hisoblaydigan O‘zbekiston paxtasidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qanday munosabatda bo‘lishi noaniq qolmoqda.

O‘zbekistondagi majburiy mehnatga qarshi kurashib kelayotgan “Paxta kampaniyasi” xalqaro tashkilotining adliya maslahatchisi Brayn Kempbell Obama imzolagan qonun so‘zsiz tarzda o‘zbek paxtasidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham taaluqli bo‘ladi, deb hisoblaydi.

O‘zbekistonda yiliga uch million tonnadan ko‘proq paxta yetishtiriladi. Mahalliy va xalqaro huquq faollari o‘zbek paxtasini etishtirishda hukumat fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilishini ta’kidlab keladilar.

XS
SM
MD
LG