Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:32

Rossiyaning "Severnaya" shaxtasidagi 3 portlashda 10 kishi nobud bo‘ldi


Rossiyaning Vorkuta shahri yaqinidagi "Severnaya" shaxtasida sodir bo‘lgan uchinchi portlashda kamida 6 odam nobud bo‘ldi.

O‘lganlarning 5 nafari qutqaruvchidir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruv-qidiruv ishlari chog‘ida metan qorishmasi portlab ketgan.

Shu tariqa shaxtadagi qurbonlari soni 10 kishiga yetdi. Dastlabki ikki portlash 25 fevral kuni kutilmaganda havoga metan gazi otilishi oqibatida sodir bo‘ldi.

Natijada, tog‘ toshlarining bir qismi o‘pirilib tushdi va vayronlar ostida yong‘in chiqdi. Unda 4 kishi o‘ldi, 9 kishi jarohatlandi. Yana 26 konchining taqdiri noma’lum qolmoqda. Ular bilan aloqa to‘liq uzilgan.


Hodisa munosabati bilan Komi respublikasida 3 kunlik motam e’lon qilindi.

XS
SM
MD
LG