Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:03

Pentagon IDga qarshi kiberhujumlarni kuchaytirmoqchi


Pentagondagi yuqori lavozimli mulozimlar Qo‘shma Shtatlar Suriya va Iroqda “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kiberhujumlarni kuchaytirayotgani, bu hududga Amerikadan maxsus topshiriqni bajaruvchi bo‘linmalar tashlanganini aytmoqdalar.

AQSh mudofaa vaziri Esh Karterga ko‘ra, ekspertlar ekstremistlarning serverlarini ishdan chiqarishi va ularni eski texnologiyalarga qaytishga majbur qilishi mumkin bo‘lgan yangi usullardan foydalanmoqda. Bu esa “Islomiy davlat” guruhiga oid yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishni osonlashtiradi.

Karter Iroqda Amerikaning maxsus harbiy guruhi ham faoliyat olib borayotganini qayd etdi.

“Biz Iroq hukumat kuchlarini Mo‘sul ishg‘oliga hozirlash uchun ular bilan ishlayapmiz”, dedi AQSh mudofaa vaziri.

Karterga ko‘ra, Iroqdagi maxsus guruhda 200, Suriyadagi maxsus guruhda esa yana 50 harbiy xizmat o‘tamoqda.

XS
SM
MD
LG