Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:42

Afg‘on rasmiysi Markaziy Osiyoga o‘tmoqchi bo‘lgan jangarilardan bahs etdi


Afg‘oniston shimolidagi tog‘li hududlarda bahordan Markaziy Osiyo mamlakatlariga o‘tishga urinadigan jangarilar joylashib olgan. Bu haqda Afg‘oniston hukumatining yuqori lavozimli rasmiysi Muhammad Muhaqqiq Afganistan.Ru nashriga ma’lum qilgan.

Muhaqqiqqa ko‘ra, Pokistonning Qabilalar mintaqasida joylashgan lagerlarda tayyorlikdan o‘tgan jangarilar hozirda Afg‘onistonning Faryob, Badaxshon, Bag‘lon va Qunduz viloyatlaridagi tog‘li hududlarda in qurgan.

“Ularning maqsadi beqarorlikni Markaziy Osiyodagi mamlakatlarga ko‘chirish va shu maqsad bilan ular mazkur mamlakatlarga kirishga harakat qilmoqdalar”, deydi Muhammad Muhaqqiq.

Uning aytishicha, Afg‘oniston politsiyasi va armiyasi imkoniyatlarining cheklanganligi jangarilar foydasiga ishlamoqda.

Muhaqqiq bu odamlar bir million kishini qurol-aslaha bilan ta’minlashi va afg‘on xalqiga qarshi urushga safarbar qilishi mumkinligidan tashvish bildirgan.

“Jangarilar mamlakat shimoliga o‘rnashib oldilar, chunki shimoliy viloyatlarni egallab ololmagan taqdirlarida ham kelayotgan bahorda ular Markaziy Osiyoga o‘tib ketishga urinishlari mumkin”, dedi Muhammad Muhaqqiq.

XS
SM
MD
LG