Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:22

Xorazmda ruxsatsiz taksichilik qilganlar 150 million so‘mdan ko‘proq jarima to‘ladi


Joriy yilning yanvar oyida Xorazm viloyatida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida litsenziyasiz taksichilik bilan shug‘ullangan 200 haydovchi tutildi.

Podrobno.uz saytining xabar qilishicha, Xorazmda 197 nafar ruxsatsiz haydovchidan sud organlari qariyb 154 million so‘m jarima undirgan.

Xabarlarga qaraganda, o‘tgan yili O‘zbekiston bo‘ylab litsenziyasiz taksichilik qilgan avtotransport egalariga jami 19 milliard 600 million so‘m jarima solingan.

Avtomobil va daryo transporti agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yilda respublikaning turli hududlarida 4614 ta reyd o‘tkazilib, ruxsatsiz taksichilik faoliyati bilan bog‘liq 28 ming 501 ta holat aniqlangan.

XS
SM
MD
LG