Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:02

Rossiya rahbariyati "Severnaya" shaxtasidagi portlashni tabiiy ofat deb baholadi


Rossiya rahbariyati Komi respublikasidagi "Severnaya" shaxtasida ro‘y bergan falokat e’tiborsizlik va yo‘l qo‘yilgan kamchilik oqibati emas, tabiiy ofat deb hisoblamoqda.

Shimoliy qutbda joylashgan shaxtada 25 fevral kuni ro‘y bergan ketma-ket portlashlar natijasida o‘lganlar soni 36 kishiga yetdi. Ilk portlashda to‘rt konchi nobud bo‘ldi, 26 konchi yer ostida qamalib qoldi. Ularni qutqarish uchun tushgan 6 qutqaruvchi esa navbatdagi portlashda nobud bo‘ldi. Keyingi portlashda 26 konchining ham o‘lgani taxmin qilinmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi mamlakatda 2010 yildan beri eng qonli falokat, deya qayd etilgan hodisa ustidan tergov olib bormoqda. Ayni paytda konda ishchilar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qanchalik rioya etilgani o‘rganilayotgani aytilmoqda.

Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich 29 fevral kuni bergan bayonotida dastlabki natijalar falokat kuchli oqimdagi metan gazining havoga otilishi oqibatida sodir bo‘lganini ko‘rsatayotganini aytdi.

XS
SM
MD
LG