Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:48

O‘zbekistonda yangi yo‘l qoidalari amal qila boshladi


O‘zbekistonda joriy yilning 1 martidan boshlab yangi yo‘l harakati qoidalari amalga kiritildi.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, yangi qoidalarda fuqarolik majburiyatini sug‘urta qildirmagan haydovchilarga avtomobil boshqarish taqiqlanadi. Har bir haydovchi majburiy sug‘urtadan o‘tishi shart bo‘ladi.

Shuningdek, yangi qoidalarda avtomashinalarning old qismiga tele va video monitorlarni o‘rnatish, ularni tomosha qilish, avtomashina boshqarayotgan paytda haydovchilarga telefon orqali gaplashish ham taqiqlangan. Bundan tashqari, avtoyo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga ham mobil telefonlari orqali gaplashish taqiqlanadi.

Haydovchilarga mashinalarga navigator va videoregistratorlarni o‘rnatishga ruxsat berilgan. Yangi qoidalarga ko‘ra, mototsikl va moped haydovchilar kunduz kuni ham chiroqlarni yoqib yurishi lozim bo‘ladi.

O‘zbekistonda bundan avvalgi yo‘l qoidalari 2001 yilda joriy etilgan edi.

XS
SM
MD
LG