Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:31

Qrim Oliy sudi Qrim-tatarlar Majlisini taqiqlash so‘rovini ko‘rib chiqmoqda


Rossiya tomonidan 2014 yilda anneksiya qilingan Qrim Oliy sudi bugun Qrim-tatarlari Majlisini ekstremistik tashkilot deb topib¸ Rossiya hududida uning faoliyatini taqiqlash yuzasidan kiritilgan arizani ko‘rib chiqishni boshladi.

Mahkamaning dastlabki yig‘ini xavfsizlikchoralari kuchaytirilgan vaziyatda o‘tkazilmoqda¸ sud binosini ko‘p sonli politsiya otryadlari qo‘riqlamoqda.

Qrim prokurori Natalьya Poklonskaya 2015 yilning 15 fevralida Qrim-tatarlari Majlisini taqiqlash haqida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan va bu arizaning qrim-tatarlari so‘roviga ko‘ra hozirlanganini iddao qilgan.

Qrim-tatarlari xalq Majlisi raisi Refat Chubarov 2015 yil oktyabrida Rossiya hududiy yaxlitligiga tajovuz qilganlikda ayblanib¸ sirtdan hibsga olingan edi. 2014 yilda Majlisning sobiq raisi¸ qrim-tatarlarining taniqli etakchisi Mustafo Jamilevning Qrimga kirishi taqiqlandi¸ hibsga olish haqida sirtdan hukm chiqarilgan Jamilev 2016 yil yanvaridan boshlab federal qidiruvga berilgan.

Majlis raisi o‘rinbosari Axtem Chiygoz 2014 yilda Simferopolda ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlikda ayblanib hibsga olindi. Huquq faollari Chiygoznig siyosiy mahbus deb e’tirof etdi.

XS
SM
MD
LG