Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:20

Birgina Toshkent viloyatida pensiyani to‘liq to‘lash uchun 90 mlrd.so‘m yetmadi


Toshkent viloyatida yashovchi pensionerlarga fevralь oyi pensiyalarini o‘z vaqtida to‘liq to‘lash uchun 89 mlrd.so‘m yetmadi. Yanvarda esa, bu ko‘rsatkich 54 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.

Bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining “O‘zbekiston pochtasi”ning Toshkent viloyati filiali rahbariga yozgan maktubidan olindi.

Xatda pensiya to‘lovlarini amalga oshirishdagi uzilishlar naqd pul taqchilligi bilan izohlangan.

Ozodlik manbasidan olingan xat nusxasiga ishoniladigan bo‘lsa, shu yil 29 fevral kuni yozilgan mazkur hujjatni Markaziy bank Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i B.T.Atamurodov imzolagan.

Maktub “O‘zbekiston pochtasi”ning Toshkent viloyati filiali direktori A.A.Zokirovga yuborilgan.

Filial mutasaddilaridan biri Ozodlik muxbiri savollariga javoban mazkur maktub yuzasidan savollarga javob berishdan keskin bosh tortdi.

Lekin bunday xat mavjudligini rad etgani ham yo‘q. “Bu korxona siri”, dedi “O‘zbekiston pochtasi”ning Toshkent viloyati filiali vakili. Ayni paytda u maktubda tilga olingan muammo mavjudligini tasdiqladi.

Xatda nima debdi?

Toshkent viloyatining “bosh bankiri” “bosh pochtachi”ga yozgan maktubni to‘liq keltiramiz:

“Bugungi kunda bank kassalariga tushayotgan naqd pul tushumlari unga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni to‘liq qoplashga etmayapti hamda ish haqi va ijtimoiy to‘lovlar belgilangan muddatlarda to‘lanmasdan qolmoqda.

Xususan, joriy yilning yanvar oyida jami tushum prognozi 126,2 mlrd.so‘mga yoki 23 foizga, shu jumladan savdo tushumi prognozi 116,9 mlrd.so‘mga yoki 30 foizga bajarilmadi.

Natijada, yanvar oyida bank kassalariga tushgan naqd pul tushumlari o‘tgan dekabr oyiga nisbatan 78,5 mlrd.so‘mga, shu jumladan savdodan tushgan naqd pul tushumi 51 mlrd.so‘mga kamayib ketdi.

Buning oqibatida 2016 yil 1 fevral holatiga yanvar oyi pensiya to‘lovlarining 54,3 mlrd.so‘mi to‘lanmasdan qoldi.

Bundan tashqari, fevral oyining o‘tgan 28 kunida ham jami tushum prognozi 149,3 mlrd.so‘mga yoki 28 foizga, jumladan savdo tushumi prognozi 134,8 mlrd.so‘mga yoki 35 foizga bajarilmasdan qolmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Pochta aloqa bo‘limlari tomonidan naqd pulda to‘lanishi lozim bo‘lgan fevralь oyining 89 mlrd.so‘mlik pensiya to‘lovlarini fevral oyida tijorat banklari tomonidan naqd pulda to‘liq ta’minlab berish imkoni mavjud emasligini ma’lum qilamiz”, deyilgan Markaziy bankning Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i B.T.Atamurodovning imzosi bilan “O‘zbekiston pochtasi”ning Toshkent viloyati filiali direktori A.A.Zokirovga yuborilgan maktubda.

"Fevral pensiyasini tarqatishni endi boshlayapmiz"

Filial mutasaddilaridan biri Ozodlik muxbiri savollariga javoban mazkur maktub yuzasidan savollarga javob berishdan keskin bosh tortgach, undan pensiyalarni egalariga yetkazib berish masalasidagi vaziyat to‘g‘risida so‘radik.

“Fevral oyi uchun pensiyalarni tarqatishni endi boshlayapmiz”, dedi u 3 mart kuni.

Yanvardan qarz qolmaganmi, degan savolga u “Ikkita rayonda qarzimiz bor”, deb javob berdi. Qarzning umumiy miqdori to‘g‘risida ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Polishinel siri

Toshkent viloyatining “bosh bankiri” “bosh pochtachi”ga yozgan maktubdagi ma’lumotlar bugungi kunda hech kimga – pensiyani oluvchiga ham, uni yetkazib beruvchiga ham, hukumatga ham sir emas.

Qariyb 1 yil oldin – 2015 yilning 10 aprelida O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Bosh vazir Shavkat Mirziyoevga yuborgan maktubdan o‘zbek banklarida oylik va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni vaqtida berish uchun naqd pul qolmagani ayon bo‘lgan edi.

Maktubda MB mutasaddisi naqd pul tushumini ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmasa, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og‘irlashishi mumkinligini aytgan.

O‘shandan beri o‘tgan qariyb 1 yil davomida pensiyalarni to‘lov kartlariga o‘tkazishga zo‘r berilmoqda. Natijada naqd pulsiz qolgan pensionerlar vaziyatdan chiqish uchun turli usullarni qo‘llamoqdaki, ulardan biri to‘g‘risida Ozodlik 2 mart kuni xabar qildi.

XS
SM
MD
LG