Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:38

Sud Vorkuta konida bedarak yo‘qolganlarni o‘lgan deb topdi


Vorkuta sudi “Severnaya” konida yuz bergan portlash oqibatida qutqarib olish imkoni bo‘lmagan 26 kishini o‘lgan deb hisoblash borasida qaror chiqardi.

Bu haqda sudning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.

“Severnaya” ko‘mir konidagi 780 metr chuqurlikdagi avariya 25 fevral kuni yuz bergan edi.

Konda kutilmaganda havoga metan gazi otilishi oqibatida portlash sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng yana ikki marta metan gazi portlagan. Uchinchi portlashda konda qutqaruv ishlarini olib borayotgan 4 qutqaruvchi halok bo‘lgan.

Portlash bo‘lgan payti konda bo‘lgan 26 kishining taqdiri noma’lum qolayotgan edi.

29 fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi kondagi uyumlar orasida qolgan konchilarni qutqarish imkoni qolmaganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG