Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 14:34

Gulchehra Boboqulovaning to‘ng‘ich o‘g‘li 15 sutkaga qamaldi


Moskvada to‘rt yashar qizchani o‘ldirganlikda gumonlanib hibsga olingan samarqandlik Gulchehra Boboqulovaning katta o‘g‘li Rahmatilloga 15 sutkalik ma’muriy jazo berildi.

RIA Novosti nashrining huquq-tartibot idoralariga tayanib yozishicha, Rahmatilloga Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish taklifi bilan da’vat qilingani aniqlangan va tarbiyaviy, profilaktik maqsadlarni ko‘zlab unga 15 sutka berilgan.

Rahmatillo 29 fevral kuni Samarqandda hibsga olinib, onasining qotilligiga bo‘yicha tergov qilingan.

Tergov natijasida Rahmatilloning onasi qilgan jinoyatga aloqasi yo‘qligi aniqlangan.

RIA Novosti yozishicha, Rahmatillo Moskvadan o‘tgan yilning oxirida Samarqandga qaytib kelgan va shundan so‘ng onasi bilan aloqa uzilgan.

29 fevral kuni Moskvaning "Oktyabrskoe pole" metro bekati yaqinida bolaning kesilgan boshini ko‘tarib¸“Ollohu akbar” deb qichqirib yurgan ayol qo‘lga olindi.

Bu aëlning 35 yashar O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulova¸ o‘ldirilgan bolaning esa¸ u enagalik qilib kelgan 4 yashar kasal qizaloq ekani aniqlandi.

Boboqulova dastlabki sudda qizchani ollohning buyrug‘i bilan o‘ldirgani haqida gapirdi.

Rossiya matbuotiga ko‘ra¸ tergov davomida ruhan kasal ekani aytilaëtgan ayolning Suriyadagi IShID terror guruhiga aloqasi bor-yo‘qligi ham o‘rganilmoqda.

XS
SM
MD
LG