Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:52

Respublikachi neyrojarroh Ben Karson saylov poygasidan chiqqanini bildirdi


AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurash olib borgan Ben Karson saylovoldi poygasidan chiqqanini bildirdi.

Sobiq neyrojarroh Karson saylov kampaniyasining dastlabki bosqichida oldinda borayotgan edi.

Ammo, AQShda o‘tkazilgan boshlang‘ich saylovlarda u ortda qoldi.

Hozirda respublikachilar partyasidan Donald Tramp nomzodlikka da’vogarlar orasida yetakchilik qilmoqda.

AQSh prezidentligiga nomzodlarni saralash bo‘yicha o‘nta shtatda seshanba kuni o‘tkazilgan saylovlarda respublikachilar orasida Trampni qo‘li baland keldi.

Demokratlar partiyasidan esa AQSh sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton g‘olib bo‘ldi.

AQShda prezidentlik saylovi noyabr oyida o‘tkaziladi.

XS
SM
MD
LG